
MYu futbolchisi qahramonlik ko‘rsatdi
“Manchester Yunayted”ning shvetsiyalik himoyachisi Viktor Lendelyof o‘z yurtida jinoyatchini qo‘lga oldi.
Voqea Vesteros shahrida bo‘ldi. Jinoyatchi 90 yoshli ayolning qo‘l sumkasini yulib olib, qochishga tushdi. Buni ko‘rgan Lindelyof uni quvib ketdi va tez orada ushlab oldi. U politsiya kelguniga qadar jinoyatchini qo‘yib yubormadi.
Mohir himoyachining o‘zi vaziyatga izoh berishni istamadi. Klub esa jinoyatchini tutish chog‘ida futbolchi unga nisbatan hech qanday jismoniy kuch ishlatmaganiga alohida e’tibor qaratdi.
Fikrlar