
MYu futbolchisi "Nyukasl"ga qarshi o‘yindan so‘ng stadionni qo‘ltiq tayoqda tark etdi (FOTO)
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Skott Maktominey kecha "Nyukasl"ga (4:1) qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga qaraganda 23 yoshli futbolchida tizza paylari jarohatlangani taxmin qilinmoqda. Aytish kerakki, u kecha stadionni qo‘ltiq tayoqda tark etgan.
Ma’lumot uchun, Maktominey joriy mavsum MYu safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar