
MYu futbolchisi gipnoterapiya kursini o‘tadi
"Manchester Yunayted"ning braziliyalik yarim himoyachisi Andreas Pereyra gipnolog bo‘yicha mutahassisga murojaat qilishga majbur bo‘ldi, deya xabar bermoqda The Sun nashri.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi Evrokubokning mehmonda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlari oldidan uhlashga qiynalgan. Shu munosabat bilan futbolchi gipoterapiya bo‘yicha mashg‘ulotga qatnagan va to‘rtta kurs davomida ushbu muammosini hal qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Manchester Yunayted" klub ijrochi direktori Ed Vudvordning uyiga qilingan hujum haqidagi maqolasi uchun yuqorida nomi keltirilgan nashr ustidan sudga murojaat qilgani xabar qilingan edi.
Fikrlar