
MYu futbolchisi "Fenerbaxche"ga o‘tadi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata yaqin vaqtlar ichida "Fenerbaxche" klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.
Sansursuz Futbol nashriga ko‘ra, joriy mavsumda 19 ta o‘yinda maydonga tushgan 32 yoshli futbolchi o‘yin amaliyoti kamligi sabab yozda jamoa ro‘yxatini almashtirishga tayyor.
Mata mankunianliklar safida 2014 yildan buyon to‘p surib keladi. U klub bilan Evropa ligasi, Angliya Superkubogi va Angliya kubogi unvonlarini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar