MYu futbolchisi Bundesligaga yo‘l olmoqda
"Manchester Yunayted" himoyachisi Timoti Fosu-Mensa mavsumni Germaniya Bundesligasida yakunlaydigan bo‘ldi.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 23 yoshli gollandiyalik futbolchini "Bayer" mavsum oxirigacha ijaraga oladi.
Mensa “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “qizil iblislar” safida jami 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.



Fikrlar