
MYu futbolchisi bugun “Roma”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
Yarim himoyachi Nemanya Matich "Roma"ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 33 yoshli serb bugun Italiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng Rim klubi bilan rasman shartnoma imzolaydi.
Matichning “Roma” bilan kelishuvi bir yil amal qilib, uni yana bir mavsumga uzaytirish mumkin.
Nemanya "Manchester Yunayted"da 2017 yilning iyulidan buyon o‘ynab kelmoqda. 2021/22 yilgi mavsumda yarim himoyachi jamoasi safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golga assistentlik qilgan.
Avvalroq, ingliz klubi yarim himoyachi bilan 2022 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan shartnomani uzaytirmasligi haqida bayonot bergan edi.
Fikrlar