MYu futbolchisi Afrika Kubogida ishtirok etmaydi
"Trabzonspor"da ijara asosida to‘p tepayotgan "Manchester Yunayted" posboni Andre Onana Afrika Kubogiga bormaydi.
Kamerun Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan so‘ng, jamoada murabbiy almashgan edi. Yangi bosh murabbiy David Pag-u Afrika Kubogi uchun tarkib yig‘ishni boshlab yubordi. Kamerun futbol federatsiyasi ma’lum qilishicha, "Trabzonspor"da o‘ynayotgan Andre Onana hamda terma jamoa etakchisi Vensan Abubakar bo‘lajak yirik musobaqada ishtirok etmaydi. "Sherlar"ning tarkibidan Devis Epassi, Simon Omossola, Simon Ngapanduetnbu va Eduard Sombang kabi darvozabonlar joy olgan.
Ma’lumot uchun, Afrika Kubogi bahslari 21 dekabrdan 18 yanvarga qadar Marokash yashil maydonlarida bo‘ladi.



Fikrlar