
"MYu" futbolchilarini nega mashg‘ulotdan haydab yuborishdi?
«The Sun» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, «Manchester Yunayted» klubining o‘yinchilari - Aaron Van-Bissaka va Timoti Fosu-Mensa Cheshirdagi «St Ambrose» kollejida mashg‘ulot o‘tkazishgan.
Biroq futbolchilarda buning uchun tegishli ruxsatnoma bo‘lmagan. Boz ustiga Buyuk Britaniya hukumatining yangi yo‘riqnomasiga ko‘ra, bitta uyda yashamaydigan ikki inson birgalikda ko‘chaga faqat chorshanba kunlari chiqishi va uchrashishi mumkin.
Aynan shuning uchun o‘yinchilardan kollej hududini bo‘shatib qo‘yishni so‘raganlar. Hatto ular mashg‘ulotlar paytida oraliq masofani saqlab qolishgan bo‘lsa ham.
Fikrlar