MYu fikridan qaytdimi?

  • 2 avgust, 2021, 18:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi va Angliya terma jamoasi himoyachisi Kiran Tripper katta ehtimol bilan yangi mavsumni ham “matraschilar” safida boshlaydi.

Tecno

Italiyalik jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Tripper bilan bog‘liq vaziyatda hozircha hech qanday o‘zgarish kuzatilmayapti.

Uni sotib olishi aytilayotgan "Manchester Yunayted"ning e’tibori ayni damda portugaliyalik Diogu Dalotga qaratilgan. “Qizil iblislar” yangi mavsumda unga ishonch bildirishmoqchi.

Tripper o‘tgan mavsum "Atletiko" safida La Ligada 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta golga assistentlik qildi. Yakunda “matraschilar” chempionlikni tantana qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!