
MYu Fergyusondan keyin, ilk bor bunday natijaga erishdi
"Manchester Yunayted" Angliya Premer ligasining 14-turida "Lids" (6:2) klubini mag‘lub etdi.
"Qizil iblislar" 9 yildan beri bir o‘yinda raqib darvozasiga 6 ta gol urmagandi. So‘nggi bor, MYu 2011 yilning dekabrida "Arsenal"ga (8:2) qarshi bahsda 6 tadan ko‘proq darvozani ishg‘ol etgandi.
O‘sha paytda, "Manchester Yunayted"ni bugungi bahsga tashrif buyurgan Aleks Fergyuson boshqarardi.
Shotlandiyalik mutaxassis 2013 yilda iste’foga chiqqan va faoliyatini yakunlagandi.
Fikrlar