MYu ettinchi raqamga munosib nomzodni "Barselona"dan topdi

  • 26 mart, 2020, 10:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" forvardi Antuan Grizmann faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, Angliya matbuotida "Manchester Yunayted" 29 yoshli frantsuzni qo‘lga kiritishi niyatidaligi haqida gap-so‘zlar yuribdi.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar Grizmannga ettinchi raqam egasi bo‘lishini va’da qilishmoqda. Ushbu raqam ostida MYu afsonalari Jorj Best, Devid Bexem va Erik Kantonalar to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ispan nashrlarida "Barselona" jahon chempionini yozda 100 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor ekanligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!