
MYu etakchisi bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi
"Manchester Yunayted" hamda Brunu Fernandesh yangi bitim borasida kelishuvga erishish arafasida turibdi.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar shartnomani uzaytirish borasida kelishib olgan. Yangi shartnoma 2027 yilgacha amal qiladi.
Avvalroq, portugaliyalik pleymeyker yiliga 14-15 million evro maosh olishni istayotgani haqida xabarlar chiqayotgandi.
27 yoshli futbolchi joriy mavsum APLning 27 ta o‘yinida maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar