MYu etakchi futbolchilari aynan shu murabbiy kelishini talab qilmoqda

  • 26 noyabr, 2021, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” futbolchilarini ham jamoani qaysi mutaxassis qabul qilib olishi qiziqtirmoqda.

Tribuna Football nashrining xabar tarqatishicha, jamoaning bir necha etakchilari klub rahbariyatidan Maurisio Pochettinoni olib kelishni talab qilmoqda. Xususan, jamoa sardori Harri Maguayr, Angliya futbolining yorqin yulduziga aylanib borayotgan Markus Reshford va eng foydali o‘yinchi Brunu Fernandesh argentinalik murabbiy qo‘l ostida shug‘ullanishni istayotganini yashirmayapti.

Ta’kidlash joizki, klub mutasaddilari Pochettinoga taklif jo‘natgan. Maurisio kelishga rozi. Biroq, PSJ bosh murabbiyni mavsumning o‘rtasida qo‘yib yubormasligini uqtirmoqda.

Hozircha, jamoada iste’foga chiqarilgan Ule-Gunnar Sulsherning ishini Maykl Kerrik bajarmoqda. Klub xo‘jayinlari jamoani mavsum oxirigacha boshqaradigan vaqtinchalik murabbiy qidiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!