
MYu endi istasa ham Sanchoni qaytarolmaydi
Londonning "Chelsi" klubi ijara asosida to‘p tepayotgan MYu futbolchisini o‘z tarkibida olib qoladi.
Insayder Fabritsio Romanoning aytishicha, murabbiy o‘zgarganiga qaramay, vingerning "qizil iblislar"ga qaytish imkoniyati yo‘q. London jamoasi bilan kelishuv shartlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Shu bilan birga, "Chelsi" kutilganidan 5 million funt ko‘proq to‘laydi. Bunga jamoaning Premer-ligadagi muvaffaqiyatli o‘yini va bonuslar sabab bo‘lmoqda. "Aristokratlar" kelasi yozda MYuga 25 million funt o‘tkazadi va ular futbolchining maoshini ham katta qisini to‘lab beradi.
Qayd etilishicha, londonliklar uning transfer summasidan mamnun va uni kelajak uchun muhim futbolchi deb hisoblashmoqda.
Fikrlar