
MYu Bellingemni yozda sotib oladi
"Manchester Yunayted" "Sanderlend"ning angliyalik yarim himoyachisi Job Bellingemga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Talk Sport" nashri xabar berdi.
19 yoshli futbolchi Chempionshipda o‘zining ajoyib harakatlarini amalga oshiryapti va kelgusi yilda futbolchi uchun Evropaning nufuzli klublari o‘rtasida poyga boshlanishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" kelasi yozda "Real" yulduzi Jude Bellingemning ukasini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi. "Sanderlend" xavbek uchun taxminan 24 million evro so‘raydi.
Ma’lumot uchun, Jobning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Yarim himoyachi joriy mavsum umumiy 20 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar