MYu “Barsa”ga transfer bo‘yicha murojaat qildi. Ular kimni olmoqchi?

  • 8 mart, 2021, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning yosh yarim himoyachisi Ilaysh Moriba qisqa fursatda Evropaning etakchi jamoalari e’tiboriga tushdi.

Tecno

Kataloniyaliklar bilan 2022 yilning yozigacha shartnomaga ega futbolchi yanvarda Qirol kubogi doirasida “Kornelya”ga qarshi o‘yinda debyutini nishonlagan edi. Shundan so‘ng, primerada uchta uchrashuv o‘tkazib, “Osasuna” darvozasiga faoliyatidagi birinchi golini urdi.

Moribaning yorqin o‘yinidan keyin “Manchester Yunayted” va “Leyptsig” jamoalari futbolchini so‘rab, kataloniyaliklarga murojaat qilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

O‘yin uslubi Pol Pogbaga o‘xshaydigan 18 yoshli futbolchining o‘zi “Barselona”da qolmoqchi. Kataloniyaliklar esa, o‘yinchi bilan yangi bitim tuzib, uning transfer summasini belgilab qo‘yishni reja qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!