
MYu afsonasi klubda faoliyat olib boradi!
"Manchester Yunayted" klubi va Niderlandiya terma jamoasi afsonaviy hujumchisi Ruud Van Nistelrooy "qizil iblislar" murabbiylar shtabida ish boshlaydi.
U ayni damda Manchester shahrida bo‘lib turibdi va rasmiy tanishtiruv marosimi o‘tkazilishini kutmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Van Nistelrooy allaqachon klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Ma’lum bo‘lishicha, u va Rene Xeyk Erik Ten Xagning yordamchi murabbiyiga aylanadi.
Shu tariqa, Ruud "Manchester Yunayted" klubi murabbiylar shtabida faoliyatini boshlaydi.
Fikrlar