
MYu afsonasi "Arsenal" haqida: Hozir ularda ajoyib jamoa bor. Lekin...
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Gari Nevill Londonning "Arsenal" klubi istiqbollari haqida gapirdi.
“Hozir “Arsenal”da ajoyib jamoa bor. Agar ular Premer-ligada ham, Chempionlar ligasida ham g‘alaba qozona olmasalar, futbol tarixiga kirishni unutishlari mumkin. Bu shafqatsizlik, ammo bu sport. Biroz bo‘lsa ham xato qilganlarni tarix kechirmaydi. "Arsenal" so‘nggi qadamni qo‘yishi kerak”, - dedi Daily Mail eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan sobiq futbolchi.
Angliya Premer-ligasining ortda qolgan to‘rt turidan so‘ng “Arsenal” o‘n ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rinda “Manchester Siti” joylashgan.
Fikrlar