
MYu afsonasi APLning eng zo‘r futbolchilarini sanadi
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Ueyn Runi joriy mavsum Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchilari haqidagi fikrini bildirdi.
Runi MYu yarim himoyachisi Bruno Fernandeshni 5-o‘ringa qo‘ydi, klub uchun unchalik omadli bo‘lmagan mavsumda ham uning barqarorligini alohida ta’kidladi. 4-o‘rinni esa "Nottingem Forest" tarkibida "fantastik mavsum" o‘tkazayotgan Morgan Gibbs-Uayt egalladi.
"Uchinchi o‘rin – Koul Palmer. So‘nggi vaqtlarda u mavsum boshidagi kabi ko‘p gol urmayapti, lekin baribir "Chelsi"ning natijalariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ikkinchi o‘ringa "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakni qo‘yardim, birinchi o‘rinda esa Muhammad Saloh. Aftidan, aynan u "Liverpul"ni chempionlik sari boshlab bormoqda", – deya Runi so‘zlarini keltirdi "Metro" nashri.
Saloh ushbu mavsumda barcha turnirlar doirasida 47ta o‘yinda ishtirok etib, 32ta gol va 23ta assist qayd etgan.
Fikrlar