MYu, "Barselona" va "Atletiko" 17 yoshli futbolchi uchun kurash boshladi
Frantsiyaning "Renn" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinge grand klublarning e’tiboriga tushdi.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra17 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted", "Barselona" va "Atletiko" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ular Kamavingeni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. Ammo, uni sotib olish oson kechmasligi mumkin. Chunki, “Renn” Eduardoni 30 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Kamavinge “Renn” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar