Muxlislarga Messining libosida stadionga kirish taqiqlandi

  • 12 noyabr, 2024, 17:37
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Paragvay futbol assotsiatsiyasi mahalliy tomoshabinlarga Argentinaga qarshi bahsda raqib futbolkasida kelishni taqiqladi. Bu haqda "RTVONLINE" nashri xabar berdi.

Shuningdek, Paragvay muxlislariga raqib o‘yinchilari, jumladan, mamlakatdada ko‘plab muxlislari ega Lionel Messi futbolkalarida kirish taqiqlanadi.

- Mahalliy tribunalarga paragvaycha futbolkadan boshqa futbolkada hech kim qo‘yilmasligi haqida ogohlantirgan edik. 

Bu ma’lum bir o‘yinchiga qarshi qaror emas. Biroq, mazkur bellashuv biz uchun juda muhim bo‘lganligi uchun shunday qarorga keldik, - dedi assotsiatsiyaning litsenziyalar bo‘yicha mutaxassisi Fernando Vilyasboa. 

Ma’lumot uchun, 15 noyabr kuni Argentina terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahsida Paragvayga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!