"Muxlislar "Andijon"ni tanlashimdagi eng asosiy sabab, deb ayta olaman". Yangi legioner yana nimalarni aytdi?

  • 19 yanvar, 20:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon" klubi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti. Kuni kecha klub safiga chernogoriyalik himoyachi Miomir Jurichkovich qo‘shildi va u bilan shartnoma imzolandi. Yangi legioner esa "Burgutlar" a’zosiga aylangach, o‘z fikrlarini bildirdi. 

Tecno

- Miomir, “Andijon” klubiga xush kelibsiz! Bu taklif qachon bo‘ldi va siz kutganmidingiz?

- Yaxshi kutib olganinglar uchun rahmat. Bir necha kun oldin “Saraevo” bilan shartnomani bekor qildim va darhol “Andijon”ning taklifini qabul qildim.

- Ushbu chaqiruvni qabul qilishingizda sizni nima ilhomlantirdi?

- Bir nechta legionerlar Andijon”da o‘ynaydi. Ular menga klub haqida juda yaxshi fikrlarni bildirishdi va ushbu jamoaning taklifini qabul qilishimni tavsiya etishdi.

- Bungacha o‘zbek futboli haqida nimalarni eshitgansiz?

- Aytib o‘tganimdek, Chernogoriya va bolqonlik ko‘p futbolchilar bu erda o‘ynagan va hali hamon O‘zbekiston chempionatida faoliyat olib borishadi. Ularning barchasi bu erdagi futboldan mamnun. Shu bois, men ham xuddi shunday bo‘lishiga umid qilaman.

- Jamoaga sizdan oldin bosniyalik Mirzad Mexanovich ham keldi. Sizning oxirgi klubingiz Bosniyaning “Saraevo” klubi edi. Mexanovichni yaxshi tanisangiz kerak?!

- Albatta, men Mirzadni juda yaxshi bilaman. Bosniya chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan biri hamda juda ajoyib golli paslarni amalga oshira oladi. Aminmanki, yangi mavsumda uning jamoamizga ko‘p yordami tegadi.

- Bosh murabbiy bilan gaplashdingizmi?

- Murabbiy bilan uchrashdim. Mirzad uning mashg‘ulot o‘tkazish uslubini maqtadi. Bizni oldinda Antaliyadagi bir oydan ziyod yig‘in kutib turibdi. U erda bir-birimizni yaxshiroq bilib olib, birga muvaffaqiyatli o‘ynashimizga umid qilaman.

- “Andijon”ga o‘tishingiz faoliyatingizda oldinga tashlangan qadammi?

- Shartnomamni bekor qilganimdan so‘ng qisqa vaqt ichida juda ko‘p takliflar qabul qildim. Lekin “Andijon”ni tanlashga qaror qildim. Chunki bu mening faoliyatimda oldinga tashlangan qadam bo‘lishiga ishonaman.

- Jamoaning ashaddiy muxlislariga nima deysiz?

- Men klublarni tanlashda ularning muxlislariga ham e’tibor qarataman. Eng yaxshi muxlisga ega jamoani tanlashni afzal ko‘raman. Bilamanki, bizning ishqibozlarimiz O‘zbekistonda tenggi yo‘q hisoblanishadi. Ular “Andijon”ni tanlashimdagi eng asosiy sabab deb ayta olaman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!