
Mutlaq jahon chempioni - Aleksandr Usik qaysi jamoaga muxlislik qiladi?
Og‘ir vaznda WBA, WBC, WBO va IBO chempioni ukrainalik bokschi Aleksandr Usik sevimli futbol klubi haqida gapirdi.
“Yoshligimda doim “Manchester Yunayted”ni qo‘llab-quvvatlaganman. Men Garri Nevill va Devid Bekxemning muxlisi edim. O‘shanda bu jamoaga qarshi o‘ynash qiyin edi. Ammo mening sevimli futbolchilarim haqida gapiradigan bo‘lsak, ular, ehtimol, Andrey Shevchenko, Zlatan Ibragimovich va o‘sha so‘yloq tishli Ronaldo bo‘lgan. Shubhasiz, Messi va Ronaldu ham men uchun katta futbolchilar.
Men har doim futbolchi bo‘lishni xohlaganman va menga “Polese” klubi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish yoqadi. Bu menga biroz dam olish va boksdan uzoqlashish imkoniyatini beradi. May oyida Tayson Fyuri ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, odatdagidek bayram o‘tkazmadim. Men oilam bilan tinchgina ovqatlandim va vaqtimni futbol o‘ynab o‘tkazdim – mutlaq chempion bo‘lganim haqida xayolimga ham keltirmadim”, — deya Usikning so‘zlarini keltiradi Daily Mail nashri.
Eslatib o‘tamiz, ukrainalik bokschining Tayson Fyuri bilan revansh jangi 21 dekabrga belgilangan.
Fikrlar