Yaponiyalik Naoya Inoue Ahmadaliev yoki Fultondan kimni tanlashi haqidagi savolga javob berdi

  • 27 iyun, 2022, 20:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professonal boksning 53,5 kg vazn toifasida WBA, IBF, WBC kamarlari egasi, 3 vaznda jahon chempioni, P4P etakchisi yaponiyalik Naoya "Monstr" Inoue (23-0, 20 KO) 55,3 kgga vazn ko‘tarsa Murodjon Ahmadaliev yoki Stiven Fultondan qaysi birini tanlab jang qilishi haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

"Agar Ahmadaliev va Fulton kamarlarni birlashtirish uchun harakat qilsa va men o‘z vaznimda 4 ta kamarni muvaffaqiyatli birlashtirsam, men va ular o‘rtasidagi bahs g‘olibi o‘zaro jang o‘tkazishi maqsadga muvofiq deb hisoblayman. O‘ylashimcha, bu jahon boksi uchun ham ideal stsenariy bo‘ladi", - dedi Inoue. Eslatib o‘tamiz, birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev (11-0, 8 KO) o‘z kamarlarini Ronni Riosdan muvaffaqiyatli himoya qildi. WBC va WBO kamarlari esa amerikalik Stiven Fultonga (21-0, 8KO) tegishli bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!