
Murodjon Ahmadaliev va Naoya Inoue o‘rtasidagi jangning taxminiy sanasi ma’lum bo‘ldi
Yaponiyalik Naoya Inoue hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga qarshi jang qilishga rozilik bildirdi.
"Top Rank" promouterlik kompaniyasi rahbari, Inouening promouteri Bob Arumning so‘zlariga qaraganda, Naoya 24 yanvar kuni Sem Gudman bilan jang qilganidan so‘ng may yoki iyun oyida Las-Vegasda (AQSh) WBC kamarini Alan Pikassodan himoya qiladi.
Arumning ta’kidlashicha, shundan so‘ng navbat Murodjon Ahmadaliev bilan bahsga etib keladi. O‘zbekistonlik sobiq jahon chempioni bilan to‘qnashuv shu yil oxirida yoki 2026 yil boshida Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar