Murodjon Ahmadaliev va Marlon Tapales jangiga promouterlik savdosi sanasi aniq bo‘ldi

  • 11 yanvar, 2022, 09:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Oldin xabar berganimizdek, IBF tashkiloti hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev va da’vogar Marlon Tapales o‘rtasida jangni tashkil qilishga buyurgan edi. Tomonlarga 2 fevralgacha muzokaralar olib borish uchun muddat qo‘yilgan bo‘lsada, Tapalesning promouterlik kompaniyasi MP Promotions tashkilotga rasmiy murojaat bilan chiqib, promouterlik savdosini muddatidan oldin o‘tkazilishini so‘ragan. Bu murojaat qoniqtirilgan holda Ahmadaliev va Tapales jangini tashkil etish huquqini qo‘lga kiritish uchun ochiq promouterlik savdosi 18 yanvar sanasida Nyu Jersi shtatidagi tashkilot bosh qarorgohida bo‘lib o‘tishi belgilandi. Ushbu savdoda g‘olib bo‘lgan tomon tashkilotchilik huquqini qo‘lga kiritadi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, sobiq WBO chempioni hisoblangan Tapales (35-3, 18KO) 2021 yil 11 dekabr kuni eliminator jangida yaponiyalik Hiroaki Teshigavani 2-raundda nokautga uchratgan holda g‘alaba qozonib, majburiy da’vogarlik maqomini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u oldinroq Murodjon Ahmadalievning sobiq raqibi Ryosuke Ivasadan muddatidan oldin mag‘lub bo‘lgan.

Ahmadaliev (10-0, 7KO) o‘zining oxirgi bahsida chililik Xose Velaskesdan ochkolar hisobida ustun kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!