
Murodjon Ahmadaliev va Marlon Tapales jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi, o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev (11-0, 8KO) va IBF yo‘nalishida majburiy davogar Filippin bokschisi Marlon Tapales (36-3, 19KO) o‘rtasidagi jang uchun jamoalar kelishuvga erishgan edi.
Manbalarning xabar berishicha, ushbu bahs 8 aprel kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari, Texas shtati, San Antonio shahrida bo‘lib o‘tadi. Jang kelasi haftada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Fikrlar