
Murodjon Ahmadaliev: "Naoya Inoue mendan qochishni davom etsa, WBA kamaridan voz kechishi kerak"
Ikkinchi eng engil vaznda WBA Interim chempioni Murodjon Ahmadaliev Turki al ash-Sheyx mutlaq chempion Naoya Inouega qarshi jangni tashkil qilishda yordam berishiga umid qilmoqda.
"Mening jamoam Turki al ash-Sheyx bilan juda yaxshi munosabatlarga ega. So‘nggi jangida Inoue ringga Riyadh Season logotipi bilan chiqqanini payqadim. Bu menga qandaydir umid bag‘ishlaydi, chunki bilaman, Janobi Oliylari (Turki al ash-Sheyx) biror narsani xohlasa, albatta unga erishadi. U eng yaxshi janglarni o‘tkazishni istaydi va bu vaznda mening Naoyaga qarshi jangimdan yaxshiroq bahs yo‘q. Bizga doimo "keyingi safar, keyingi safar" deyishlariga chidab bo‘lmaydi. Agar shunday davom etaversa, Inoue WBA kamaridan voz kechishi kerak bo‘ladi", dedi Ahmadaliev.
Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Fikrlar