
Murodjon Ahmadaliev kelgusi jangida kimga qarshi ringga ko‘tarilishi haqida gapirdi
«Eng yaxshi davrlarim hali oldinda. DAZN va «Matchbox room»ning bir bo‘lagi ekanimdan xursandman. Keyingi janglarim orqali ham ularni xushnud etishni istayman. Albatta, kelgusi janglarimni birlashtiruvchi chempionlik kamarlari uchun o‘tkazish niyatidaman. IBF kamari sohibi Riosuke Ivasaga qarshi jang balki navbatdagi bo‘lar. WBO chempioni Emanuel Neverret ham ro‘yxatimda bor. Bu jang men uchun ancha qiziqarliroq. Chunki bizning uslublarimiz o‘xshash. Daniel Romanga qarshi jangda juda ko‘p narsalarni o‘rgandim», - deydi "MJ Kaka".
Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliev so‘nggi jangida Daniel Romanni mag‘lub etib, WBA va IBF kamarlari sohibiga aylangan edi.
Fikrlar