Murod Rizaev: Superligada raqobat kuchli emas. Shu bois OChLda muvaffaqiyatsizlikka uchrayapmiz

  • 25 aprel, 2019, 16:26
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sport” telekanalining taniqli sharhlovchisi Murod Rizaev klublarimiz nega Osiyo chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, finalga chiqa olmasligi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Chempion bo‘la olmasligimiz birinchi navbatda o‘zbekistonlik futbolchilarning jismoniy holati bilan bog‘liq deb o‘ylayman. Ikkinchidan, Superligada raqobat ancha kuchli bo‘lishi lozim. 5-6 jamoa chempionlik uchun kurashishish kerak. Boshqa chempionatlarda mana shunday holatni ko‘ramiz. Qolaversa, yaxshi legionerlarni taklif qila olmayapmiz. Bu asosiy jihatlaridan biridir. Legionerlari limiti 3+1dan unumli foydalanmayapmiz.

Bunyodkor va Sugdiyona (18)

Mana, “Shanxay SIPG”ni olaylik. Xalk, Oskar, Elkeson, Odil Ahmedov. Yoki arablarga qarasak, Jovinko qanday gol urmoqda. OChL to‘purarlariga e’tibor bering ro‘yxatda braziliyalik futbolchilarga ko‘zimiz tushadi. Bundan tashqari birgina Xavining o‘zi nimalar qildi. Toshkentda ham, Dohada ham jamoasiga katta yordam berdi. Xullas arab yoki boshqa davlat vakillaridagi mablag‘ jihatdan barqarorligi tufaylikmi ular legionerlar tanlashda adashishmaydi. Aynan xorijlik futbolchilar jamoalarining muvafaqiyatlariga katta hissa qo‘shishmoqda.

villanueva1

“Bunyodkor” Rivaldoni olib kelganida ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Hozir esa tajribali, mahoratli, iqtidorli legionerlarni jalb qila olmayapmiz. Klublarimizdagi xorijlik o‘yinchilar ishonchni oqlashmayapdi. Boshqa davlat vakillarida aksincha, ularda legionerlar ancha kuchli va klub ham shunga yarasha g‘alaba qozonmoqda.

107_xWlvTWd

Yana 2 ta holatni qo‘shimcha qilmoqchiman. Ichki chempionatimizda futbolchilarimiz jiddiy ta’qibga duch kelishmaydi. Jamshid Isanderov va Sherzod A’zamov nima uchun shunday xatoga yo‘l qo‘ydi. Chunki ular Superligada bunday holatlarda raqiblaridan osonlik bilan o‘tib ketishgan.

“Lokomotiv” chempionatimizda OChLdagi kabi bunday tarzda qizil kartochka, alamli gol o‘tkazib yubormaydi. Undan tashqari himoyachilarimiz oddiy vaziyatlarda raqibga to‘pni oldirib qo‘yishmoqda. Qarshisidagi o‘yinchilarning bosimiga chiday olmayapdi. Buni biz “Paxtakor”da ham ko‘rdik. Ochig‘i, “temiryo‘lchilar”ning o‘yini meni hayron qoldirdi.

Hali hammasi oldinda. Ishonamiz, ikkila klubimiz oxirgi o‘yinlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sherdilbek Tursunaliyev
26/04/2019 15:35
Ozbek futboli koz ongimizda tanazulga uchramoqda buni inkor eta olmaysiz togrimi!
махмуда Джураева
27/04/2019 07:02
Таназзул дегани бутунлай барбод булиш дегани. Балки бу гап унча тугри келмас. Лекин ткшкунлик, тушкун кайфият борлиги рост. Тугриси менга чемпионатимиз екмаяпти, балки узгаришлар булар, билмадим.
&
darwesh
25/04/2019 16:55
умуман олганда тугри гаплар-ку, лекин клубларимиз гурухдан чикишига ишонмайман. Юкорида айтилган босим сабабли иккала клубимиз хам гурухдан чика олмайди.
махмуда Джураева
25/04/2019 18:18
Агар кандайдир бир муьжиза булмаса, лекин спортда муьжизани спортчиларнинг узи содир этишини хисобга олсак, бунга ишониш кийин. Пахтакор балки озгина илгари юрар, лекин каердадир барибир колиб кетади. Хатто Осие футболи хам шу кадар усиб кетганки, бизнинг футболимиз савиясига караб туриб, осие клубларидан канчалик оркада эканлигини куриб хафа буласан. Эрон кандай килиб футзалда хам, катта футболда хам бунчалик илгарилаб кетган?
&
25/04/2019 18:36
Манимча, хаммаси болалар футболидан бошланади. Бизнинг иклим футболни ривожлантириш учун жудаям мос келади.