
Murod Rizaev qanday qilib Superliga kuchayishi, Bu mavsum qaysi jamoalar raqobat qilishi va boshqalar haqida gapirdi
Hademay O‘zbekiston chempionatining 2022 yilgi mavsumi boshlanadi. Ungacha esa jamoalar tarkiblarni kuchaytirish bilan ovvora. Muxlislarning ham yangi mavsumdan umidi katta. Viloyat jamoalar amalga oshirayotgan transferlar ko‘pchilikni hayratga solmoqda.
O‘z navbatida, aksariyat futbol jamoatchiligi orasida Superliga formati borasi bahs-munozaralar ham yo‘q emas. Ya’ni chempionat formati o‘zgartirilishi kerakmi yoki qo‘y? Bu borada har kim turli gaplarni aytmoqda.
Ha aytgancha, bir necha kun avval PFL yangi mavsum reglamentini taqdim etdi. Unda Superliga 26 turdan iborat ekanligi, jamoalar 13 bor uy, 13 marta mehmonda harakat qilishi ko‘zda tutilgan.
Bu borada mutaxassislar qanday fikrda ekanligini sizlarga ma’lum qilib bormoqdamiz. Dastlab ayni payt Qatarda jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi a’zosi hisoblangan Alisher Nikimbaevning fikrlarini taqdim etgandik. Endi esa “Sport” telekanali sharhlovchisi Murod Rizaevning bu boradagi qarashlarini havola qilamiz. Ularga ham quyidagi savollar bilan murojaaat qildik.
Raqobatbardosh chempionat bo‘lishi uchun O‘zbekiston Superligasi formati o‘zgartirilishi kerakmi? - Alisher Nikimbaevdan javob
- Raqobatbardosh chempionat bo‘lishi uchun Superliga formati o‘zgartirilishi kerakmi?
- Raqobatni kuchaytirish kerak. “Nasaf”, “Qizilqum”, “Navbahor”, AGMK raqobat yuzaga keltirmoqchi. Homiylarni ko‘paytirish lozim. Shunda ular yaxshi futbolchilarni transfer qila oladi. Kuchli jamoalar ko‘paysa, formatni o‘zgartirishga hojat qolmaydi, raqobat paydo bo‘ladi. Oldin ham aytganman - dunyodagi ikkita jamoa hech qachon pasayib ketmaydi. Bu “Real” va “Barselona”. “Qirollik klubi”dan Ronaldu ketdi jamoa ma’lum vaqtdan keyin darajasiga qaytdi. “Barsa”da ham shunday - Messidan keyin jamoa o‘zini tiklashga urinmoqda. Bunday jamoalarning maqsadlari bor, ular doim birinchi bo‘lishga intiladi. An’analarni saqlab qoladi. Mbappe, Xoland va boshqalarni olib kelib, yana jamoa nomlari baralla yangrayveradi.
Klublarni o‘zida gap ko‘p. Jamoa rahbariyati ko‘proq pul topib, hamyonini to‘ldirishni, pul yuvishni o‘ylasa, albatta, jamoa uzoqqa bormaydi. Rahbarlar jamoani rostdan ham kuchaytirishni istasa, yaxshi homiylari, akademiyasi zo‘r bo‘lsa, oldingi formatlar bilan ham chempionat qiziqarli o‘taveradi.
- Bizning futbolga qanday format mos keladi, deb o‘ylaysiz va nima uchun?
- Avvallari 18-20 ta klublar ishtirok etardi ligada. Shunda jamoalar ajralib qolardi. Hozir 14 ta yaxshi jamoa bor, hamma elakdan o‘tib, mana shu formatga etib keldik, deb o‘ylayman. Faqat Pro ligani biroz kuchaytirishimiz lozim. Ortiqcha o‘zgartirishlarni ko‘paytirsak ham menimcha, foyda bermaydi. 6-7 ta kuchli jamoa bo‘lsa futbolimiz kuchayadi.
Fikrlar
шунинг учун югириш кийинлашади салкин мамлакатларда шунинг учун м Россия Швеция футболчи мирикиб туп тепади