
Murod Rahmatov: "Menimcha, hozir jamoada hech kim legioner bo‘lish haqida o‘ylayotgani yo‘q"
Sports.uz da intervyular davom etadi. Bu galgi mehmonimiz "Nasaf"ning yosh ham himoyachisi, ham yarim himoyachisi sifatida harakat qilayotgan Murodbek Rahmatov.
Xabaringiz bor, Murod Rahmatov joriy mavsum "Nasaf"ning asosiy futbolchilaridan biriga aylangandi. 22 yoshli futbolchi haqida Olimpiadaga bormagani, rejalari va Superliga haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Siz doim U23 terma jamoasiga nomzod futbolchilar qatorida bo‘lgansiz. Bu loyiha yaratilayotganda, bu jamoa tuzilayotganda va Olimpiada yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgandan keyin ham negadir ko‘p yig‘inlarga chaqirilmagansiz. Va hatto chaqirilgan yig‘inlarda ham sizga ko‘p imkon berilmagan. Olimpidaga ham bormadingiz, Osiyo kubogida ham qatnmashmadingiz. Biroq shu paytlarda ham klubingizda stabil o‘yin ko‘rsatayotgan edingiz. Nima deb o‘ylaysiz, nima sabab Timur Kapadze sizni ko‘p chaqirmadi?
Avvalam bor assalomu alaykum. U23 terma jamosiga keladigan bulsak, xa aytkaningizdek kup yiginlarga chaqirilmaganman. Osiyo kubogidan oldin terma jamoa bilan birga edim va oxirida yakuniy tarkibga kiritilmadim. Kimni olib borish, kimni olib ketmaslik murabbiyni qarori va buni hurmat qilaman.
Siz o‘zi tayanch yarim himoyachisiz lekin bu mavsum ko‘p o‘yinlarda o‘ng qanot himoyasida ham ko‘ryapmiz. Ikki pozitsiyaga moslashyapsizmi, yoki bu majburan bo‘lyaptimi?
O‘ng qanot himoyada uynashim yilni boshidagi yig‘inlardan boshlandi. Chunki o‘ng qanot himoyachilarimiz jarohat olgan edi. Ruziqul Berdiev ushbu pozitsiyada uynatib kurdilar. Himoyada ham uzimni qulay his qilaman. Muhimi jamoaga yordam berish.
Mana "Nasaf" chempionlik yo‘lida dadil odimlamoqda va Superligani yutish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Va nihoyat mavsum yakunida jamoangizni chempionlik shohsupasida ko‘ryapsizmi?
Ha, hozir boshqalardan ko‘ra, bizda chempionlik imkoniyatlarimiz yaxshi. Lekin oldindan nimadir deyish xato. Xudo xoxlasa, bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarmaymiz degan umiddaman. Hali 5 ta o‘yinimiz bor, bu o‘yinlarda ham g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.
Aksar "Nasaf" futbolchilari bilan suhbatlashganimizda legionerga aylanmayotganining asosiy sababi sifatida Nasaf bilan Superligani yutishni aytardi. "Ajdarlar" bu mavsum chempionlikka har qachongidan ham yaqin. "Nasaf"ni chempion bo‘ldi deb hisoblasak, siz jamoada qolasizmi yoki boshqa jamoada ko‘ramizmi? Takliflar bo‘layotgan bo‘lsa qaysi jamoalardan?
Superligani yutish hammamizning oliy maqsadimiz. Menimcha, hozir jamoada hech kim legioner bo‘lish haqida o‘ylayotgani yo‘q. Bor e’tiborni oldimizda turgan muhum uyinlarga qaratganmiz.
Ro‘ziqul Berdiev bilan bir necha mavsumdan buyon ishlab kelyapsiz. Ushbu murabbiyning sizning faoliyatingizda tutgan o‘rni qanday?
Ruziqul Berdievning faoliyatimda tutgan o‘rni juda katta. Katta futbolga kirib kelishimda ham shu inson sababchi bulgan. Har doim to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadilar.
"Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdievni aksar futbolsevarlar klub miqyosidagi murabbiy deb hisoblaydi. Siz bu fikrga qanchalik qo‘shilasiz. Berdievga O‘zbekiston terma jamoasini ishonib topshirilsa, uni nimadir qila olishiga ishonasizmi?
Yo‘q, men bu fikirga umuman qushilmayman. Agar terma jamoada imkoniyat berilsa, albatta natija qilishlariga ishonaman. Berdiev qanchada qancha terma jamoa darajasidagi futbolchilarni kashf qilgan, ular bilan birga ishlagan. Terma jamoada vaqt berilsa, natija qilishiga shubham yo‘q.
"Nasaf" bilan OChL 2ni yutish yoki Superligada chempion bo‘lish. Qaysi birini tanlaysiz?
Albatta O‘zbekiston chempioni bo‘lishni tanlayman. Menimcha buni ko‘pchilik tanlasa kerak. Superliga oltin medallarini barcha qashqadaryolik muxlislar orziqib kutmoqda.
Hozirda Superligadagi eng kuchli tayanch yarim himoyachi kim - Akmal Mozgovoy yoki Odil Hamrobekov?
- Akmal Mozgovoy.
Oybek Bozorov yoki Jamshid Iskanderov?
- Oybek Bozorov.
O‘zingiz bilan birga o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzib bering!
Oybek Yuldoshev suhbatlashdi.
Umarbek Eshmurodov Qatarga qarshi o‘yin, "Selangor"da faoliyati va "Nasaf" haqida gapirdi
Fikrlar