Murabbiyni aytganini qilasiz yoki o‘ynamaysiz!
Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh Erik ten Xag qo‘l ostida o‘ynash haqida gapirdi.
"Siz yoki murabbiy talab qilgan narsani qilasiz yoki o‘ynamaysiz. Bu Ronaldu bilan bo‘lgan, Sancho bilan va hatto Reshford bilan ham shunday bo‘lgan..." - dedi Fernandesh "BT Sport" nashriga.
Uning so‘zlari ten Xag jamoada hokimiyat yo‘qligini aniq ko‘rsatib turibdi. Hatto Ronaldu ham klubni tark etishdan oldin kuzda zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan edi.
"Qizil iblislar" ayni damda APL turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Manchesterliklar peshqadam "Arsenal"dan 5 ochko ortda qolmoqda.



Fikrlar