
Murabbiy jamoa Messiga qaram bo‘lib qolganini tan oldi
“Inter Mayami” bosh murabbiyi Xerardo Martino jamoa argentinalik yulduz Lionel Messiga bog‘lanib qolganini yashirmadi.
Evropa futbolini tark etgan Messi yangi jamoasi safida ketma-ket uchta uchrashuvda dubl qayd etib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shmoqda.
- “Inter Mayami” Messiga bog‘lanib qolgani haqida so‘rashyapti. Bu rost va biz dunyoning eng zo‘r futbolchisiga suyanyapmiz. Buni inkor qilib bo‘lmaydi. Bu kabi savollar Messi qaerda bo‘lsa, hatto, “Barselona” yoki Argentina terma jamoasida o‘ynasa ham chiqaveradi.
Baxtimizda Lionel Messi hozir biz bilan birga va so‘nggi o‘yinlarda juda kuchli futbolchi ekanini ko‘rsatdi, - dedi Xerardo Martino.
Fikrlar