Mundial yaqin yoxud o‘zining Messisiga ega bo‘lgan Yaponiya terma jamoasi bilan tanishamiz

  • 7 noyabr, 2022, 23:18
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 startiga tobora oz vaqt qolmoqda. Muxlis va mutaxassislarni intizorlik bilan kuttirayotgan turnir tez orada boshlanadi.

Tecno

Qaysi terma jamoalar "JCh-2022"da ishtirok etishini yaxshi bilasiz. Agar hamon bundan xabardor bo‘lmasangiz yana bir  bor eslatib o‘tib ketamiz.

Mundial startiga 14 kun qolgan va biz ketma-ketlikda termalar bilan sizni tanishtirib o‘tamiz. Demak, "E" guruhining so‘nggi vakili Yaponiya orqali o‘ziga xos "chellenj"imizni davom ettiramiz.

 

Jamoa haqida
Yaponiya futbol assotsiatsiyasi. Laqabi – “samuraylar”.

Tashkil topgan yil: 1921 yil (FIFAga 1929 yil a’zo bo‘lgan)
Jamoa bosh murabbiyi: Xadzime Moriyasi
Jamoa sardori: Maya Yoshida

Ilk rasmiy uchrashuvi: Yaponiya – Xitoy 0:5 (1917)
Eng yirik g‘alaba: Yaponiya – Filippin 15:0 (1967)
Eng yirik mag‘lubiyat: Yaponiya – Filippin 2:15 (1917)

Yaponiya terma jamoasi ayni payt FIFA reytingida 24-o‘rinni egallab turibdi. Ularning eng yaxshi natijasi esa 9-pog‘ona bo‘lib, 1998 yilda ushbu natijaga erishgan. Ammo oradan 2 yil o‘tib, “samuraylar” o‘z tarixidagi eng yomon natijasini qayd etgan. Ya’ni 2000 yilda yaponiyaliklar FIFA reytingida 62-o‘ringa tushib ketgan.

Yaponiya futbol bo‘yicha jahon chempionatida 6 marta ishtirok etgan. Qatardagi mundial “samuraylar” uchun o‘z tarixidagi 7-turnir hisoblanadi. Ular birinchi marta 1998 yilda musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan va o‘shandan beri uzluksiz turnirda ishtirok etib keladi. Ular 1998 yilgi mundial guruh bosqichidagi barcha o‘yinda mag‘lub bo‘lgan hamda 31-o‘rinni egallagan. Masasi Nakayama Yaponiyaning jahon chempionatidagi ilk golini kiritgan. Keysuke Xonda uchta jahon chempionatida gol urgan birinchi yaponiyalik futbolchiga hisoblanadi: 2010, 2014, 2018.

2018 yilgi jahon chempionatida Yaponiya guruh bosqichida Kolumbiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Janubiy Amerika terma jamoasini JChlarda mag‘lub etgan birinchi Osiyo davlati bo‘ldi. Terma jamoa guruhdan chiqishni uddalagan edi (o‘z tarixida ilk marta), ammo Belgiya iroda ko‘rsata oldi va “samuraylar” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Turnirgacha bosib o‘tgan yo‘li

 Yaponiya Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadi. Bunga ularning ketma-ket 7 marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqqani ham dalolat bo‘ladi.

Yaponiya 2022 yilgi JCh uchun saralashda Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Ummon,  Xitoy va Vetnam kabi jamaolar bilan bitta guruhdan joy oldi. “Samuraylar” turnirini muvaffaqiyatsiz boshlashdi. Sababi, ular dastlabki turda kutilmaganda Ummonga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 3-turda Saudiya Arabistoni maydonida mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rdi.

Biroq shundan keyin “samuraylar” o‘zining oldingi holatiga qaytdi va ketma-ket g‘alabalarni tantana qildi. Xususan, Osiyoning yana bir nomdor jamoalaridan hisoblangan Avstraliyani har ikki o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, o‘z maydonida Saudiya va Xitoydan ham ustun keldi. Ular so‘nggi turda Vetnam bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi, ammo bu paytga kelib yaponiyaliklar mundial yo‘llanmasiga ega chiqib bo‘lgan edi.

“Samuraylar” o‘tkazilgan 10 ta o‘yinda jami 22 ochko to‘plab, guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan holda Qatar chiptasiga ega chiqdi. Ular o‘tkazilgan bellashuvlar davomida jami 12 ta gol urishni uddalagan bo‘lsa, o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Terma jamoa etakchilari

Yaponiya Osiyodagi eng yulduzli tarkibga ega jamoalardan biri hisoblanadi. Ularning tarkibida Evropaning top-5 chempionatlarida to‘p tepagan futbolchilar talaygina topiladi. Shu bois, ularning asosiy etakchilari bilan tanishamiz.

Daiti Kamada

Kamada bir necha yillardan beri "Ayntraxt"da muvaffaqiyatli mavsum kelmoqda. Ko‘plab mutaxassislarning fikricha, uning o‘yin uslubi Shinji Kagavaga o‘xshab ketadi. Mish-mishlarga ko‘ra, yarim himoyachiga hozirda "Benfika" qiziqish bildirmoqda.

Daiti nafis texnikasi bilan qolganlardan ajralib turadi. U qanot hujumida ham, hujumchi ortida ham o‘ynay oladi.

Kamadaning o‘yini ancha kech ochilgan. Sababi, u hozir 26 yoshda, lekin shu paytgacha terma jamoa safida atigi 19 ta o‘yin o‘tkazgan hamda besh marta gol urishni uddalagan.

Takumi Minamino

Yaponiya terma jamoasi deyilganda  ko‘p holda Minamino esga tushadi. Boisi, "Liverpul" tarkibida yaponlarni ko‘p ham uchratavermaymiz.

Takumi o‘zining ko‘p qirraliligi bilan mashhur. U chapda ham, o‘ngda ham, hatto markazda ham o‘ynay oladi.

Takexiro Tomiyasu

188 sm uzunlikdagi "Arsenal"ning o‘ng qanot himoyachisi bu ro‘yxatda yo‘q bo‘lishi mumkin emas. 23 yoshli yaponiyalik futbolchi terma jamoa safida 28 ta o‘yin o‘tkazgan. Shuningdek, u londonliklarning ham asosiy tarkib himoyachisi hisoblanadi.

Tomiyasu - tezkor va texnik futbolchi, bu uning pozitsiyasi uchun noodatiy holat.

Takefusa Kubo

Kubo 18 yoshida "Real" bilan shartnoma imzoladi. Takefusa bunday klubda muntazam mashg‘ulot o‘tkaza olmagani uchun ko‘p hollarda ijarada o‘ynadi. Hozirda u Ispaniyaning boshqa jamoasi "Real Sosedad" safida harakat qilmoqda. Kubo ayni payt u 21 yoshda va uning butun faoliyati hali oldinda.

Kuboning norasmiy taxallusi yaponiyalik Messidir. Darhaqiqat, Takefusa juda aqlli o‘yinchi, u yo‘qdan bor narsani yarata oladi. Uning ajoyib texnikasi argentinalik dahoni eslatib yuboradi.  

JCh-2022dagi taqvimi

1 tur, 23 noyabr. Germaniya — Yaponiya
2 tur, 27 noyabr. Yaponiya — Kosta-Rika
3 tur, 1 dekabr. Yaponiya — Ispaniya

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!