Muhsin Muxammadiev qo‘l ostidagi "Buxoro"ning natijalari bilan tanishamiz

  • 17 avgust, 2019, 23:48
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

"Buxoro" klubi bosh murabbiyi Muhsin Muxammadiev shu yilning 9 iyun kuni jamoa ustoziga aylangan edi.

Tecno

Mutahassis jamoani umumiy 10 ta rasmiy uchrashuvida ishladi. Natijalar esa ko‘ngildagidek emas.

To‘plar nisbatiga e’tibor bersak, katta tafovutni ko‘rishimiz mumkin. 10 ta bahsda bor-yo‘g‘i 6 ta gol urgan Muxammadiev shogirdlari o‘z darvozasidan 28 ta to‘p olib chiqdi. Jamoaga asosan "Paxtakor" va "Andijon" klublari raqiblik qildi. Ushbu ikki klub buxoroliklarga 3 martadan raqiblik qilishdi.

"Navbahor" klubi esa, 2 marotaba Muxammadiev boshchilik qilayotgan klubga qarshi maydonda bahs olib bordi. "So‘g‘diyona" va "Qo‘qon-1912" klublari bir marotabadan raqiblik qilishdi.

Superliganing 7 ta, O‘zbekiston kubogining 1 ta va Liga kubogining 2 ta bahsida "Buxoro"ni maydonga boshlab tushgan Muxammadievning ilk bellashuvi 16 iyun kuniga to‘g‘ri keladi.

Ushbu sanada, o‘z maydonida "Paxtakor"ni qabul qilib, yirik 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.

Oradan 3 kun o‘tib, O‘zbekiston Kubogi doirasida "Andijon" mexmoni bo‘lgan buxoroliklar 4:1 hisobida yutqazib qo‘yishgan va musobaqani tark etishdi.

23 iyun kuni Namanganga safar qilib, jamoa navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. "Navbahor" - "Buxoro" 3:1.

Nihoyat, Muhsin Muxammadiev shogirdlari g‘alaba qozonishga erishdi. 29 iyunda, Superliga birinchi davrasining yakuniy bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, "Andijon" bilan o‘tgan bahsning taqdirini yagona gol hal qildi.

Davralar oralig‘ida Liga Kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Guruhning ikkinchi, uchinchi turlarida "Buxoro"ga "Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" jamoalari raqiblik qilishdi. Toshkentliklarga 1:2 va qo‘qonliklarga yirik 6:1 hisobida yutqazib qo‘yishdi.

27 iyul kuni, Superliga ikkinchi davrasining ilk turida "Andijon"ga safar qilgan ko‘hna shaxar jamoasi alamli tarzda 2:0 hisobi bilan mag‘lub bo‘lishdi.

Chempionatimizning 15-turiga kelib, jamoa ochko qo‘lga kiritdi. Bu safar, "Navbahor" klubini qabul qilib, nursiz durang(0:0) natija qayd etishdi.

Bosh murabbiy debyutida "Paxtakor"ga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. 10 avgust sanasida ham, "Buxoro" darvozasiga "sherlar" javobsiz 5 ta gol urishdi.

Bugun, ya’ni 17 avgustda, Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasini qabul qilgan buxoroliklar navbatdagi ochkoni qo‘lga kiritishdi. Muxammadiev jamoasi jizzaxliklar bilan 1:1 hisobini qayd etishdi.

Ko‘rib turganingizdek Muhsin Muxammadiev boshchiligidagi "Buxoro" klubi bor-yo‘g‘i 1 marotabagina g‘alaba qozona oldi. Shu qatorda, 2 ta durang va 7 ta mag‘lubiyat ham bor.

Buxoroliklar O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogi musobaqalarini tark etishga ulgurishgan va Superliganing eng so‘nggi pog‘onasidan o‘rin olib turishibdi.

Muxammadiev boshchiligida "Buxoro"ning rasmiy o‘yinlari:

Superliga.

16.06.2019. "Buxoro" - "Paxtakor" 0:5.

23.06.2019. "Navbahor" - "Buxoro" 3:1.

29.06.2019. "Buxoro" - "Andijon" 1:0.

27.07.2019. "Andijon" - "Buxoro" 2:0.

31.07.2019. "Buxoro" - "Navbahor" 0:0.

10.08.2019. "Paxtakor" - "Buxoro" 5:0.

17.08.2019. "Buxoro - "So‘g‘diyona" 1:1.

Liga Kubogi.

03.07.2019. "Buxoro" - "Paxtakor" 1:2.

07.07.2019. "Qo‘qon-1912" - "Buxoro" 6:1.

O‘zbekiston Kubogi.

19.06.2019. "Andijon" - "Buxoro" 4:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Нодирбек Ахмедов
18/08/2019 01:06
Бу узбек футболи хечам одам бумайди . Шу ун умид кимасаям булаверади. Курдик буни,пул бн пулсиз камандаларни ахволини. Аксига олгир хакамни" килик"ларини
18/08/2019 03:41
Худо хохласа Нодиржон бир келар Нуравшон вактлари Холовга ухшаган клуб рахбари булса.
Нодирбек Ахмедов
18/08/2019 01:00
Ким экан бу танишайдиган журналист? Бухорони минорига куп Осилмаларинг устинга куласа кийналиб коласанлар
Murod Panjiev
18/08/2019 18:41
Бухоро жамоаси мавсумни охиригача Бакоевга имконият берилганда хозир бу ахволга тушмасди,олдидан окган сувни кадрига етиш керак эди
Абдусамат Жураев
18/08/2019 10:15
Бокоев Бухоролиги эсига тушиб колди булмаса
&
TFT
18/08/2019 06:23
Мўҳсин Бухоро Про-лигага тушмасидан йўқооллл! Кўрдик тренерлигингни.*0*сан.Сандан кўра ўзимизни мураббийлар ўзимизни футболчилар минг маротаба яхши экан.
Fazliddin Abdurahmonov
18/08/2019 00:47
Xalq Maqoli. BULAYDIGAN BOSHDAN MALUM .. .........