Muhokamalar qahramoniga aylangan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 6 fevral, 07:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya kubogining chorak finalida “Roma” jiddiy va kuchli raqib – “Milan”ga to‘qnash keldi. Dunyoga mashhur “Juzeppe Meatstsa” arenasi mezbonlik qilgan uchrashuv davomida muxlislar keskin va murosasiz kurashlar guvohi bo‘ldi.

Tecno

Uchrashuv 3:1 hisobida milanliklar g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yin qahramoni “Roma”dan “Milan”ga yuborilgan Temmi Abraxam bo‘ldi. U birinchi bo‘limning o‘zida dubl qayd etib, g‘oliblik masalasini hal qildi.

Klaudio Raneri Eldor Shomurodovni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirib, tanaffusda zaxiraga oldi. Legionerimiz o‘rniga maydonga tushgan Artyom Dovbik bitta javob to‘pini kiritdi.

“Milan” safida debyutini nishonlagan Joau Feliks gol urib, g‘oliblik masalasiga nuqta qo‘ydi.

“Roma” faoliyatini yoritayotgan laroma24.it portali ekspertlari poytaxtlik futbolchilarning harakatlarini quyidagicha baholadi.

SVILAR 5:

Ikkinchi o‘yinda ikkinchi marotaba juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Uning xatosi tufayli milanliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi va ishni g‘alabaga etkazdi.

ChELIK 4,5:

Himoyada juda qiynaldi. Uning harakatlaridan qoniqmaga Klaudio Raneri tanaffusda olishtirib yubordi. Lekin bungacha raqib ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinga chiqib olgandi.

RENSh 5,5:

Chelik o‘rniga maydonga tushgan Rensh tezkor futbolchilar XImenes va Leauga qarshi ancha ter to‘kishga majbur bo‘ldi. Bir bo‘lim o‘ynagan bo‘lsa-da, charchab qoldi.

XUMMELЬS 4,5:

“Roma”ning himoya chizig‘i “Milan” hujumlariga dosh berolmadi. Tajribali nemis futbolchisining ikki xatosi natijaga ta’sir qildi.

NDIKA 5:

Evan Ndika juda ko‘p kurashdi, lekin shu bilan birga ancha xato va kamchiliklarga ham yo‘l qo‘ydi. Maydonda undan ham bo‘sh o‘ynagan futbolchilar borligi tufayligina mag‘lubiyatga asosiy sababchi, deya olmaymiz.

SALEMAKERS 5:

Belgiyalik futbolchi o‘yinida  ham juda ko‘p xato va kamchiliklar kuzatildi. Jamoadoshlari kerakli paytda uni “topolmay” qoldi.

PAREDES 5:

Raqib darvozasiga umuman xavf sola olmadi. Birinchi bo‘limdan keyin maydondan olingach, “roma”ning o‘yinida tartib kuzatildi.

PELLEGRINI 5:

Paredes o‘rniga maydonga tushgan Pellegrini qanot hujumchisi vazifasini bajardi. Aqib himoyachilariga qiyinchilik tug‘dirdi.

KONE 5,5:

Kone keyingi paytda toliqqan va dam olishni istayotgandek harakat qilyapti. Maydonda kurashishga intilyapti, lekin bu gal yolg‘izlik qildi.

PIZILLI 5:

Raneri alohida ishonch bildirayotgan bu futbolchining ham o‘yini qovushmadi. Nikolo maydon markazida juda ko‘p xato qildi. Bir vaziyatda uning zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

ANJELINO 6:

Hujumda ham, himoyada ham faol o‘ynashga harakat qildi. Biroq o‘yin yo‘nalishini o‘zgartirishga bir o‘zining intilishlari kamlik qildi.

DIBALA 4,5:

Oxirgi ikkita bahsda o‘yin qahramonidan eng yomon futbolchiga aylandi. Argentinalik yulduz ikkita vaziyatni barbod qildi. Maydonda befoyda kezib yurdi xolos.

ShOMURODOV 5,5:

Uchrashuv boshlanmasidan avval Eldor Shomurodov “Roma”ning ijtimoiy tarmoqlarida muhokamalar qahramoniga aylanib bo‘lgandi. O‘zbek futbolchisi o‘zining eng zo‘r o‘yinini ko‘rsatdi, deb bo‘lmaydi. Lekin maydondagi boshqa jamoadoshlariga solishtirganda ancha yaxshi taassurot qoldirdi. Lekin harakatlari gol urish uchun etarli bo‘lmadi.

DOVBIK 5,5:

Ikkinchi bo‘limda Eldor Shomurodov o‘rnini egallagan ukrainalik futbolchi yagona javob golini urdi. Lekin qolgan daqiqalarda “Milan” himoyachilari uni “eb” qo‘ydi.

RANЬERI 4,5:

Klaudio Raneri tanlagan boshlang‘ich tarkib ishonchni oqlamadi. Ayniqsa, Paradesning ilk daqiqalardan maydonga tushirish xato bo‘ldi. Ayrim futbolchilar yaxshi o‘ynay olmagan bo‘lsa-da, o‘z vaqtida almashtirilmadi. Tanaffusda uch nafar o‘yinchining alishtirilishi boshlanhich tarkibni tanlashda xatoga yo‘l qo‘yilganining isbotidir.

Husanov yordamida “Manchester Siti” tarkibi qayta quriladi!

Anchelotti Husanov transferiga munosabat bildirdi
Fayzullaev sovrinlar uchun kurashmoqchi, Nikolich Abbosni xato uchun tanqid qildi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!