
Muhim o‘yinlar oldidan "Barsa"da jiddiy muammo!
“Barselona” himoyachisi Serxi Roberto jarohat olib, klub shifoxonasiga yotqizildi. Uning jarohati jiddiy bo‘lishi mumkin. Ispan OAVlarining yozishicha, Robertoning oktyabr oyida maydonga tushmaslik ehtimoli katta.
Agar ma’lumotlar rost bo‘lsa, Serxi "Barselona"ga "Atletik" (22 oktyabr), "Shaxtyor" (25 oktyabr) va "Real" (28 oktyabr)ga qarshi o‘yinlarda yordam bermaydi.
31 yoshli ispaniyalik 2023/2024 yilgi mavsumda "Barselona" safida 6 ta o‘yin o‘tkazdi va bitta gol urdi.
Fikrlar