
“Muhammadziyo” jamoasining BAAdagi sarguzashtlari
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida bo‘lib o‘tgan taekvondo WT bo‘yicha an’anaviy “Fujairah open” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik sportchilar 11 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza, jami 22 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.
Dunyoning turli mamlakatlaridan 1 ming 600 nafar taekvondochi o‘z yosh va vazn toifalarida g‘oliblik uchun kurashgan musobaqada hamyurtlarimiz g‘alabalariga “Tornado” klubining “Muhammadziyo” jamoasi sportchilari ham munosib hissa qo‘shdi.
– Yaqindagina yakunlangan mazkur musobaqaning “V” kategoriyasida o‘n ikki nafar shogirdim qatnashdi va ulardan o‘ntasi shohsupaga ko‘tarildi, - deydi “Muhammadziyo” jamoasi murabbiyi Ahror Asrorov. – Turnir davomida shogirdlarim ishonchimizni oqladi. Shuningdek, ushbu musobaqa taevondochilarimizga katta mahorat maktabini o‘tadi.
“Fujairah open” xalqaro turnirida “Muhammadziyo” jamoasi vakillari quyidagi natijalarni qayd etdi:
1-o‘rin:
Murodullaev Shamsiddin
Rahimov Azizjon
Maxamatnazarov Mohirjon
Xayrullaev Sanjar
O‘ktamjonov Islomjon
2-o‘rin:
Hasanov Muhammadyahyo
Murodullaev Abubakr
3-o‘rin:
Azamova Madinabonu
Ro‘ziboev Nurzod
Baxtiyorov Ali
Fikrlar