
Muhammadyusuf Sobirov yangi mavsumni "So‘g‘diyona"da o‘tkazadi
"So‘g‘diyona" va Muhammadyusuf Sobirov hamkorligini davom ettiradi. Bu haqda "bo‘rilar" matbuoti xabar berdi.
"So‘g‘diyona" jamoasi yosh va istiqbolli darvozabon Muhammadyusuf Sobirov bilan yangi mehnat shartnomasi imzoladi. Shartnoma bir yil muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, jamoamizning kelgusi maqsadlariga erishishda muhim qadam hisoblanadi.
Sobirov o‘tgan mavsumda yoshlar va asosiy jamoa tarkibida o‘zini a’lo darajada ko‘rsata oldi. Ayniqsa, Superliganing kuchli klublariga qarshi uchrashuvlarda yorqin o‘yinlari bilan ajralib turdi va bir necha marta eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Ma’lumot uchun, u o‘tgan mavsum davomida Superliga doirasida 5ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 1890 daqiqa maydonda faol harakat qildi.
"So‘g‘diyona" klubining bu qarori Sobirovning iste’dodini yuqori baholash bilan birga, jamoamizning yosh va iqtidorli futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi siyosatini davom ettirayotganini ko‘rsatadi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar