
Muhammadali O‘rinboev o‘z sovrinini qabul qilib oldi
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Muhammadali O‘rinboev Xitoyda o‘tgan Osiyo kubogida eng yaxshi to‘purari sifatida e’tirof etilgan edi.
O‘FA rahbariyati mazkur mukofotni futbolchimizga topshirib, kelgusida jamoamiz oldida yanada muhim turnirlar, xususan, keyingi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi turganini aytib o‘tdi. Xatolar ustida ishlash va U-20 Osiyo kubogi musobaqasida orttirilgan tajriba kelajakda katta natijalarga erishish uchun muhim asos bo‘lishi ta’kidlandi.
Muhammadali O‘rinboev ushbu sovrin unga yanada ko‘proq mehnat qilish va jamoaga yordam berish uchun qo‘shimcha motivatsiya berishini qayd etdi.
Ta’kidlash lozim, 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida Avstraliya zafar quchdi. Turnirning eng yaxshi to‘purari esa yuqorida aytilganidek, hamyurtimiz Muhammadali O‘rinboev bo‘ldi (4 ta gol).
Fikrlar