
Muhammad Salohni olib kelmasak bo‘lmaydi!
Ayrim uchrashuvlarda “Barselona” hujum chizig‘i pand berib qo‘ymoqda. Xavi jamoasida muntazam gol uradigan to‘purar yo‘q. Avval bu vazifani Lionel Messi bir necha mavsumlar davomida uddalab kelgan.
Ana shu maqsadda kataloniyaliklar yozda to‘purar hujumchini transfer qiladigan bo‘ldi. Xavi keladigan o‘yinchi Muhammad Saloh bo‘lishini istayapti.
Misrlik hujumchi hali “Liverpul” bilan yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erishgani yo‘q. Yurgen Klopp jamoasining hujum uchligi – Muhmmad Saloh, Sadio Mane va Roberto Firminoga yangi shartnoma berilishini talab qilyapti. Har uchala hujumchining amaldagi kelishuvi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi.
29 yoshli Saloh ilgari bir necha marotaba Ispaniya chempionatida to‘p tepishni orzu qilayotganini ta’kidalagani kataloniyaliklarda uning “Barselona”ga kelishiga umid uyg‘otmoqda.
Fikrlar