Muhammad Salohga katta taklif

  • 5 sentabr, 2023, 23:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohning kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi misrlik yulduz uchun rekord summa – 233 million evro taklif qilgan.

Tecno

Liverpulliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp to‘purar hujumchi jamoada qolishi kerakligini ta’kidlamoqda. Shunga qaramay, arablar Salohni baribir olib ketmoqchi.

Sky Sports News nashrining xabariga ko‘ra, “Al-Ittihod” Saudiya Arabistonida transfer oynasi yopiladigan kun – 7 sentyabrga qadar Muhammad saloh transferi masalasida angliyaliklarga yana bir bor murojaat qiladigan bo‘ldi.

Agar bu transfer amalga oshsa, saudiyalikar 31 yoshli hujumchi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolaydi va har mavsum uchun 80 million evro atrofida maosh to‘laydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
06/09/2023 00:10
250млн боса хисоб