Muhammad Salohga Evropadan ish chiqdi
Muhammad Saloh o‘tgan yilgi mavsumda yorqin o‘yinlari bilan “Liverpul”ning Angliya chempioni bo‘lishida muhim rol o‘ynadi va klubi bilan yakunlanib borayotgan shartnomani yana ikki yilga uzaytirdi.
Ammo yangi chempionat “Liverpul” uchun ham, misrlik futbolchining o‘ziga ham oson kechmayapti. Oxirgi o‘yinlarda Saloh boshlang‘ich tarkibga kiritilmagan holatlar ham kuzatildi.
Keyingi paytda 33 yoshli futbolchining klubdagi kelajagiga oid turli xabarlar chiqa boshladi. Xususan, Saudiya Arabistoni klublari Salohga ish taklif qilmoqda.
Biroq tajribali to‘purarda Evropada qolish imkoniyati ham katta. Fichajes nashrining xabar berishicha, “Galatasaroy” Muhammad Salohni Turkiyaga olib ketishga tayyor. Turklar yanvar oyidayoq hamkorlikni yo‘lga qo‘yish harakatini boshladi.
Istanbulliklar Salohga har mavsum uchun taxminan 20–22 million evro atrofida maosh, shuningdek, manfaatli homiylik shartnomalari va u markaziy figura bo‘ladigan yaxshi sport loyihasi taklif qiladi.



Fikrlar