Muhammad Saloh va Kevin de Bryuynening keyingi manzili aniq

  • 1 noyabr, 2023, 23:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

​Angliya Premer-ligasi bir necha yildan beri ingliz futbolida porlab kelayotgan ikki yorqin yulduz bilan xayrlashishga yaqin turibdi.

Tecno

Football Insider nashrining xabariga ko‘ra, “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh va “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne ligani tark etadigan bo‘lyapti.  Yoshi o‘tib borayotgan futbolchilar Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tmoqchi.

31 yoshli misrlik to‘purarga “Al-Ittihod” xaridor bo‘lyapti. 31 yoshli belgiyalik yarim himoyachini Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”da kutmoqda.

Har ikki o‘yinchi vakillari saudiyaliklar bilan muzokara olib borayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!