Muhammad Saloh transferiga pul ajratiladi

  • 6 dekabr, 08:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum “Liverpul”ning Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shgan Muhammad Salohning yangi chempionatdagi o‘yinida pasayish kuzatilmoqda.

Tecno

“Liverpul” chempionlik unvonini munosib himoya qila olmayapti. Butun jamoa, ayniqsa, bosh murabbiy va etakchi o‘yinchilar kuchli tanqid va bosim ostida qolmoqda.

O‘z o‘rnida, Muhammad Salohning klubdagi kelajagi ham mavhum bo‘lib qoldi. Saudiya Arabistoni Professional ligasida agar misrlik to‘purar “Liverpul”dan ketishga qaror qilsa, uni bajonidil qabul qilishini ma’lum qildi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, shayxlar 33 yoshli futbolchini Saudiya Arabistoni chempionatiga jalb qilish uchun katta miqdorda mablag‘ ajratishga tayyor ekan.

Muhammad Saloh 2017 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. Mohir hujumchi o‘tgan mavsum oxirida klub bilan kelishuvini 2027 yilning yozigacha uzaytirgan edi.

Joriy mavsumda “Liverpul” tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan biriga aylangan Saloh barcha turnirlarda 19 ta uchrashuvda beshta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!