
Muhammad Saloh qishda “Liverpul”ni tark etadigan bo‘lyapti. Yangi jamoasi aniq
Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi “Liverpul” to‘purari Muhammad Salohni transfer qilish harakatlarini to‘xtatgani yo‘q.
Taniqli insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, saudiyaliklar misrlik to‘rurarni qishki transferlar oynasi ochilishi bilan katta summa evaziga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ta’kidlash joizki, shayxlar yozda Muhammad Saloh transferi uchun 200 million evro tikkan edi. Qolaversa, futbolchini eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylantirish va’dasiga ham berilgan. Shunga qaramay, bu transfer amalga oshmay qoldi.
Muhammad Saloh 2017 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilmoqda. Klub rahbariyati bir yarim yillik shartnomasi qolgan o‘yinchini sotib yuborishga qarshi emas. Ayni paytda “Liverpul” mutasaddilari misrlik forvardning o‘rnini bosa oladigan futbolchi qidirayotgani ham ma’lum.
Fikrlar