Muhammad Saloh “Liverpul”ni tark etishi kutilyapti
“Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh yangi chempionatda o‘tgan mavsumlardagidek yorqin o‘yin ko‘rsata olmayapti. Buning ortidan futbol manbalari misrlik hujumchining Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi haqida yana xabar tarqatmoqda.
Xususan, TBR Football nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Muhammad Salohda Saudiyadan kelgan taklif hanuz o‘z kuchiga ega. Shayxlar 33 yoshli futbolchiga yiliga taxminan 150 million funt sterling (170 million evro) maosh va klub ulushidan foyda olish huquqini taklif qilmoqda.
Manbalar Muhammad Salohni olmoqchi bo‘layotgan klublar nomini keltirgani yo‘q. Biroq misrlik futbolchini mamlakatning eng badavlat jamoalarigina qo‘lga kirita oladi.
Misrning “Al-Makovun” klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Saloh faoliyati davomida Evropada “”Bazel”, “Chelsi”, “Fiorentina”, “Roma” klublarida ham to‘p tepgan.
Uning yulduzli onlari 2017 yilda Rimdan “Liverpul”ga o‘tganidan keyin boshlandi. Taniqli hujumchi “qizillar” safida klublar miqyosidagi barcha nufuzli turnirlarda g‘olib chiqqan.



Fikrlar