
Muhammad Saloh: “Liverpul”dan hammamiz ketamiz!
“Liverpul” etakchisi Muhammad Saloh klubdagi kelajagi haqidagi savolga faylasuflarga xos tarzda javob qaytardi.
- Men har kuni ertalab mashg‘ulotlarga kelib, yigitlarni ko‘rgan vaqtimni qadrlayman. Biz ajoyib damlarni birga boshdan o‘tkazganmiz. Ayniqsa, uch kishi – men Virjil van Deyk va Trent Aleksander-Arnold jamoada anchadan beri birgamiz.
Roberto Firminoning ketganidan keyin men hammamiz ham bir kun kelib, klubni tark etishimizni tushinib etdim.
Shuning uchun ham bu holatli yurakka yaqin olmayman. Men har doim vaqtimni jamoadoshlarim bilan birga yaxshi o‘tkazishga harakat qilaman, - dedi Muhammad Saloh.
32 yoshli misrlik futbolchining amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi. Klub rahbariyati hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, tomonlar hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q.
Fikrlar