Muhammad Saloh jurnalistlardan xushxabar oldi!

  • 9 may, 18:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu mavsum “Liverpul” bosh murabbiy almashganiga qaramay, “Manchester Siti”ning to‘rt yil davom etgan gegemonligini bartaraf etib, Angliya Premer-ligasiga g‘olib chiqdi.

Tecno

Liverpulliklarning chempionligida misrlik hujumchi Muhammad Salohning xizmati katta bo‘ldi. 32 yoshli to‘purar barcha turnirlarda 48 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 33 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 23 ta golli pas berdi.

Salohning bu ko‘rsatkichlari bee’tibor qoldirilmadi. Angliya futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi Muhammadni mamlakatdagi yil futbolchisi, deb e’tirof etdi.

Bungacha Muhammad Saloh mazkur tashkilot tomonidan 2021-2022 va 2017-2018 yilgi mavsumlarda ham ikki bor Angliyaning eng o‘yinchisi, deb topilgandi.

2017 yildan beri “qizillar” sharafini himoya qilib kelayotgan to‘purarning amaldagi shartnomasi 30 ibn kuni tugashi kerak edi. Biroq “Liverpul” mutasaddilari jamoa etakchisini yana ikki yil Liverpulda qolishga ko‘ndirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!